Farg‘ona viloyati sudida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi

8 mart «Xalqaro xotin-qizlar» kuni munosabati bilan viloyat sudining raisi boshchiligida bayram tabrigi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir boshida avvalo Oliy sud raisining bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. So‘ng viloyat sudining raisi sud jamoasi ayol hamkasblarni bayram bilan muborakbod etib, odil sudlov faoliyatini amalga oshirish va jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lidagi samarali mehnatlarini e’tirof etib, kelgusidagi faoliyatiga omadlar tiladi.

Shu bilan birga, viloyat sudi raisning o‘rinbosarlari, sudyalar va sud xodimlari ham ayollarni bayram bilan tabriklab, samimiy tilaklarini bildirdilar.

 

Shuningdek, bayram so‘nggida tadbir qatnashchilariga esdalik sovg‘alari topshiriladi.

Buvayda tuman sudining raisi nafaqaga kuzatildi

Farg‘ona viloyat sudida sud tizimida sudyalik faoliyati bilan uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib, o‘zining halolligi va fidoyiligi bilan yosh kadrlarga o‘rnak bo‘ladigan jinoyat ishlari bo‘yicha Buvayda tuman sudining raisi Botir Mo‘minovni tantanali ravishda nafaqaga kuzatish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Farg‘ona viloyat sudining raisi Shuhrat Kamolov hamda bir guruh sudyalar so‘z olib, Botir Mo‘minovning ibratli faoliyati xususida o‘zlarining iliq fikrlarini bildirdilar.

B.Mo‘minov ilk faoliyatini 1997 yil Buvayda tuman sudi sudyasi lavozimidan boshlagan. O‘tgan yillar davomida Oliy sud sudyasi maqomiga erishdi.

Sudyalik yukini ko‘tarib, tizimda uzluksiz yigirma besh yil ishlash aytmoqqa oson, xolos…

“Tadbirni kuzatar ekanmiz, nafaqaga ketayotgan B.Mo‘minov yillar davomida samarali mehnat qilib kelgan kasbidan uzoqlasha olmayotgani, odil sudlovni ta’minlashda umrining oxirigacha xizmatga tayyor ekanligi so‘zlaridan sezilib turardi”, deydi viloyat sudi raisining o‘rinbosari Boboxon Vaxobov.

Tadbir so‘nggida, milliy qadriyatlarimizga asoslangan holda to‘n kiydirilib, sovg‘alar taqdim etildi.

Mashaqqatli va sharafli kasb sohibi bo‘lgan B.Mo‘minov yig‘ilganlarga o‘z minnatdorligini bildirib, ularning kelgusi faoliyatiga ulkan zafarlar tiladi.

Фарғона вилоят судида суд тизимида судьялик фаолияти билан узоқ йиллар давомида самарали меҳнат қилиб, ўзининг ҳалоллиги ва фидойилиги билан ёш кадрларга ўрнак бўладиган жиноят ишлари бўйича Бувайда туман судининг раиси Ботир Мўминовни тантанали равишда нафақага кузатиш тадбири бўлиб ўтди.

Тадбирда Фарғона вилоят судининг раиси Шуҳрат Камолов ҳамда бир гуруҳ судьялар сўз олиб, Ботир Мўминовнинг ибратли фаолияти хусусида ўзларининг илиқ фикрларини билдирдилар.

Б.Мўминов илк фаолиятини 1997 йил Бувайда туман суди судьяси лавозимидан бошлаган. Ўтган йиллар давомида Олий суд судьяси мақомига эришди.

Судьялик юкини кўтариб, тизимда узлуксиз йигирма беш йил ишлаш айтмоққа осон, холос…

“Тадбирни кузатар эканмиз, нафақага кетаётган Б.Мўминов йиллар давомида самарали меҳнат қилиб келган касбидан узоқлаша олмаётгани, одил судловни таъминлашда умрининг охиригача хизматга тайёр эканлиги сўзларидан сезилиб турарди”, дейди вилоят суди раисининг ўринбосари Бобохон Вахобов.

Тадбир сўнггида, миллий қадриятларимизга асосланган ҳолда тўн кийдирилиб, совғалар тақдим этилди.

Машаққатли ва шарафли касб соҳиби бўлган Б.Мўминов йиғилганларга ўз миннатдорлигини билдириб, уларнинг келгуси фаолиятига улкан зафарлар тилади.

«Xalqaro xotin-qizlar» bayrami munosabati bilan Farg‘ona viloyat sudida tadbir bo‘lib o‘tdi

8 mart «Xalqaro xotin-qizlar» va 10 mart – Xalqaro ayol sudyalar kunlari munosabati bilan viloyat sudining raisi boshchiligida bayram tabrigi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, viloyat sudining raisi Sh.Kamolov sud jamoasi ayol hamkasblarni bayram bilan muborakbod etib, kelgusidagi ishlariga omadlar tiladi.

Shundan so‘ng Farg‘ona viloyat sudining sudyalari F.Siddikova, M.Musaxanova va Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi J.Akramovaga Oliy sud raisining xizmat burchini namunali bajargani uchun berilgan tashakkurnoma tantanali ravishda topshirilib, so‘ng tizimda  ishlayotgan barcha xotin-qizlar tabriklanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

KONSTITUTSIYAMIZ HAQIQIY HAYOT QOMUSIGA AYLANDI

Inson hayotda baxtli yashash uchun intiladi, ezgu maqsadlar sari qadam tashlaydi.Uning huquq va erkinliklari kafolatlangan, adolat va qonun ustuvor jamiyatdagina bunga erisha oladi.  Yangi O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan har bir fuqaroni hayotdan rozi qilish yo‘lidagi islohotlardan ko‘zlangan maqsad ham aslida shu. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi farovon hayotning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bu  yil Asosiy Qonunimizning qabul qilinganligiga 29 yil to‘lmoqda. Konstitutsiyamiz har bir fuqaroning ongi va qalbidan chuqur joy olgan, ularning huquq va erkinliklarini to‘liq kafolatlaydigan haqiqiy hayot qomusiga aylanmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda yurtimizda barcha sohalarda ulkan ishlar amalga oshirildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan inson qadri ulug‘lanmoqda. Islohotlar ham aynan inson omiliga qaratilganligi ham buni yaqqol ko‘rsatib turibdi. Mustaqilligimizning ilk davrida qabul qilingan Konstitutsiyamiz shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro huquq va majburiyatlar hamda ularning kafolatlarini aniq-ravshan belgilab berdi. Bosh qomusimiz, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, yurtimiz fuqarolari tengligining kafolatlanishini e’tirof etdi va zamonaviy demokratik taraqqiyot uchun zamin yaratdi.

Uning o‘ziga xos jihatlari haqida so‘z borganda, unda insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish maqsad qilingani, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat deya e’tirof etilgani, jahon konstitutsiyashunoslik xazinalari bo‘lmish – tenglik, adolat, mafkura hamda fikrlar xilma-xilligi, hokimiyatlar bo‘linishi, fuqarolarni huquq va erkinliklaridan sud qarorisiz mahrum etib bo‘lmasligi, aybsizlik prezumpsiyasi kabilar mustahkamlanganligini ta’kidlash zarur.

Asosiy qonunimizda O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslangan. Sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritishi kabi muhim normaning mustahkamlab qo‘yilishi, o‘z navbatida sud hokimiyatining O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati tizimiga mansubligini hamda uning amalda mustaqil va erkin faoliyat ko‘rsatishini kafolatladi. 

Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda odil sudlovni amalga oshirish borasida jiddiy qadamlar tashlandi. Sud-huquq sohasidagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri – insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, avvalo, asossiz jinoiy ta’qib va shaxsiy hayotga aralashishdan himoyalanish, shaxsiy daxlsizlik huquqlari hamda adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquqlari samarali muhofaza etilishini ta’minlash hisoblanadi. Zero, har bir demokratik davlatda sud tizimi inson huquqlari himoyasiga qaratilgan mexanizmning asosini tashkil qiladi. 2021 yil 9 fevral kuni Konstitutsiyaning 107-moddasi birinchi qismi sud tizimi tuzilmasi qayta tahrir etildi.

Sudlar bugungi kunda adolat qo‘rg‘oni sifatida qonun ustuvorligini ta’minlamoqda. Xususan, o‘tgan davr mobaynida viloyatimizda 33 shaxsga nisbatan oqlov hukmlarining chiqarilgani ham aslida insonparvarlikning yorqin ifodasidir.

Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarga, shuningdek, bugungi kunga kelib xalqimiz erishgan ulkan yutuqlarga yana bir bor nazar tashlar ekanmiz, mazkur islohotlar va yutuqlarning fundamental asosi va huquqiy negizini Asosiy Qomusimiz tashkil etishini yana bir bor ko‘rishimiz mumkin.  Asosiy Qomusimiz mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida urushni targ‘ib qilganlik uchun (150-moddasida), mavjud konstitutsiyaviy tuzumni o‘zgartirishga da’vat etganlik uchun (159-moddasida) jinoiy javobgarlik belgilangan.

O‘tgan yillar davomida inson manfaatlarini muhofazalashga qaratilgan milliy qonunchilik tizimi yaratilgani va izchillik bilan hayotga tatbiq etilayotgani samarasi bugun yurtimizda yashayotgan har bir insonning munosib hayot kechirishida, aholi farovonligi va  jamiyatimiz barqarorligi misolida kuzatish mumkin.  Asosiy qonunimiz iqtisodiy sohada ham muayyan imkoniyatlarni yaratib bermoqda. Mamlakat iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etishining Konstitutsiyada belgilab qo‘yilishi hamda tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari yaratilganligi mulkdor bo‘lish huquqini amalga oshirishga har tomonlama sharoit va qulayliklar tug‘dirdi. Ayniqsa, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan teng muhofaza etilishi kafolatlanganligi jamiyatda tadbirkorlik ruhini qaror toptirishning muhim omili sifatida namoyon bo‘lmoqda. Sudlar tomonidan investorlar va tadbirkorlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida ham sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, viloyat iqtisodiy sudlari tomonidan 2021 yilning 10 oyida 849 ta tadbirkorlarga oid ishlar ko‘rilgan hamda 7 nafar investorlarning buzulgan huquqlari sud tomonidan ko‘rilib, qanoatlantirilgan.

Muxtasar aytganda, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz ravnaqining huquqiy asosini tashkil etuvchi Asosiy qomusimiz yurtimizda yashayotgan har bir fuqaro, oila taqdirida, ularning bugungi hayoti, ertangi kelajagini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

 

Shuhrat Kamolov,

 Farg‘ona viloyat sudining raisi

Farg‘ona viloyat sudining raisi So‘x tumanida fuqarolar bilan uchrashdi

Farg‘ona viloyatining tuman va shaharlarida jinoyat va huquqbuzarliklar, nikohdan ajratish, tadbirkorlik subyektlari ishtirokidagi nizolar hamda fuqarolarning murojaatlari ko‘paygan mahallalar, tumanlarda profilaktika ishlarini jonlashtirishga qaratilgan sayyor qabullarni tashkil etish masalasida Farg‘ona viloyat sudining raisi viloyat ma’muriy sudi raisi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash Boshqarmasi boshlig‘i va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona viloyatidagi Xalq Qabulxonasi mudiri o‘rtasida tasdiqlangan reja ijrosi yuzasidan  viloyat sudining raisi Sh.Kamolov raisligida, rais o‘rinbosarlari va sudyalari ishtirokida Farg‘ona viloyati So‘x tumani “Ravon” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida 26 shaxslarning murojaatlari o‘rganib chiqildi.

Jumladan:

5 nafar shaxslarga nisbatan ishlari sayyor sud majlisida ko‘rilib, tayinlangan jazo turlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasi tartibida muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi;

1 nafar shaxsning da’vo arizasi fuqarolik ishlari bo‘yicha So‘x tuman sudi tomonidan qabul qilinib, ro‘yxatga olindi;

1 nafar shaxsga fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining hal qiluv qaroridan nusxa olib berildi;

19 nafar shaxsga nisbatan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Qabulda tuman prokuraturasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Majburiy ijro byurosi, Xalq qabulxona, tuman hokimiyati vakillari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi xodimlari hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan hamkorlikda ish olib borilib, fuqarolarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.

Qabulda muammolari hal bo‘lgan 21 nafar fuqarolar hamda tadbirkorlik tomonidan og‘zaki tashakkurnomalar bildirildi.

Sudya va yoshlar

Joriy yilning 10 noyabr kuni Farg‘ona viloyati sudi binosida yuridik texnikum o‘quvchilari bilan “Sudya va yoshlar” mavzusida uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda yuridik texnikum o‘quvchilari viloyat sudining tarixiy- muzeyi, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv xizmatlar va sud majlislarini masofaviy o‘tkazish tartibi hamda viloyat sudining ma’muriy binosi bilan yaqindan tanishdilar.

Shu bilan birga majlislar zalida viloyat sudining sudyalari va yoshlar kengashi yetakchilari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Sudyalar va yoshlar kengashi yetakchilari suhbatni hozirgi kundagi “Sud- huquq” tizimidagi islohotlar, sudyalar oliy kengashining tashkil qilinishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 noyabrda so‘zlagan nutqidagi Taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshiriladigan eng ustuvor vazifalar, shu bilan birga sohaga oid bo‘lgan mavzular doirasida o‘tkazishdi va texnikum o‘quvchilari berilgan savollariga mazmunli javob oldilar.

Sudyalar talabalar bilan uchrashdi

Farg’ona viloyati Bog’dod tumani Itisodiyot kolleji talabalari bilan jinoyat ishlari bo’yicha Bog’dod tuman sudining raisi O.Mirsadikov va Fuqarolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudining sudyasi I.Qo’ziboyev hamda Marg’ilon tumanlararo Iqtisodiy sudining raisi A.Akbarovlar ishtirokida saylov qonunchiligida yangi qabul qilingan qonunlar hamda Saylov kodeksi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Ochiq muloqot davomida yoshlarga saylovda ishtirok etishning ahamiyati borasida tushunchalar berilib, saylov jarayonlari qay tartibda olib borilishi yuzasidan kerakli ma’lumotlar berildi. Yosh saylovchilarning bu jarayonda faol ishtirok etishlari uchun o’z huquqlari tushuntirib o’tildi. Yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli tartibda javoblar olishdi.

Marg‘ilon sudi tomonidan jazo o‘tayotgan 10 nafar mahkumlar jazodan ozod qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudining raisi M.Maraximov tomonidan 2021 yil 19-iyul kuni Marg‘ilon shahridagi “Miltiqsoz” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor sud majlisi o‘tkazilib, Marg‘ilon shahar Probatsiya bo‘limining jazo o‘tayotgan 10 nafar mahkumlariga nisbatan kiritgan taqdimnomalar mazmunan ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan mahkumlar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Fargʼonada Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi, АQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot Dasturining “Oʼzbekistonda qonun ustuvorligi yoʼlida hamkorlik” qoʼshma loyihasi doirasida sudlar faoliyatini yoritish masalalari boʼyicha mahalliy jurnalist va blogerlar uchun oʼquv seminar-trening tashkil etildi

Unda ishtirokchilarga Oliy sud Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xodimlari tomonidan sud muhokamasi oshkoraligi, sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqining amalga oshirilishi, shuningdek, sudlar tomonidan mazkur masalaga oid qonun hujjatlari bir xilda qoʼllanilishini taʼminlash maqsadida qabul qilingan Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020 yil 21 fevraldagi kuni “Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini taʼminlash toʼgʼrisida”gi Qarorining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

 

Shuningdek, seminar-trening davomida malakali trenerlar sud organlarining ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan oʼzaro hamkorligining huquqiy asoslari, axborot tarqatishda shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, javobgarlik masalalari hamda sud ishlariga doir materiallarni tayyorlashning muhim jihatlari toʼgʼrisida atroflicha maʼlumot berishdi.

 

Oʼquv mashgʼuloti soʼngida Fargʼona viloyati sudlari raislari bilan jurnalist va blogerlar oʼrtasida ochiq muloqot oʼtkazilib, tomonlar oʼzaro fikr almashdilar va ommaviy axborot vositalari vakillari oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kirish istagini bildiruvchi fuqarolar diqqatiga

Biz bilamizki, sudyalik kasbi katta masʼuliyat, fidoyilik

va halollikni talab qiladi. Qabul qilinayotgan har bir qaror zamirida inson, uning oilasi taqdiri turadi.

Sud ishlarida adolatli qarorlar qabul qilishga qodir boʼlgan, mustaqil, turli xil taʼsirlarga qarshi tura oladigan yuksak malakali, hayot tajribasiga ega sudyalarni shakllantirish bugungi kunning talabidir.

“Oʼzbekiston Respublikasining Sudlar toʼgʼrisida”gi Qonunning

61-moddasiga asosan “Oʼttiz besh yoshdan kichik boʼlmagan, oliy yuridik maʼlumotga va yuridik ixtisosligi boʼyicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi fuqarolik ishlari boʼyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʼyicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) maʼmuriy sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi boʼlishi mumkin” deb belgilangan. Yuqoridagi talablarga mos keladigan nomzodlar sudyalik lavozimi zaxirasiga kirish uchun Fargʼona viloyat sudlari sudyalari malaka hayʼatiga murojaat qilishlari mumkin.

 

Manzil: Fargʼona viloyati, Fargʼona shahri, S.Temur koʼchasi.

Tel: 73-226-52-98

Skip to content