Sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kirish istagini bildiruvchi fuqarolar diqqatiga

Biz bilamizki, sudyalik kasbi katta masʼuliyat, fidoyilik

va halollikni talab qiladi. Qabul qilinayotgan har bir qaror zamirida inson, uning oilasi taqdiri turadi.

Sud ishlarida adolatli qarorlar qabul qilishga qodir boʼlgan, mustaqil, turli xil taʼsirlarga qarshi tura oladigan yuksak malakali, hayot tajribasiga ega sudyalarni shakllantirish bugungi kunning talabidir.

“Oʼzbekiston Respublikasining Sudlar toʼgʼrisida”gi Qonunning

61-moddasiga asosan “Oʼttiz besh yoshdan kichik boʼlmagan, oliy yuridik maʼlumotga va yuridik ixtisosligi boʼyicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi fuqarolik ishlari boʼyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʼyicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) maʼmuriy sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi boʼlishi mumkin” deb belgilangan. Yuqoridagi talablarga mos keladigan nomzodlar sudyalik lavozimi zaxirasiga kirish uchun Fargʼona viloyat sudlari sudyalari malaka hayʼatiga murojaat qilishlari mumkin.

 

Manzil: Fargʼona viloyati, Fargʼona shahri, S.Temur koʼchasi.

Tel: 73-226-52-98