Sudya va yoshlar

Joriy yilning 10 noyabr kuni Farg‘ona viloyati sudi binosida yuridik texnikum o‘quvchilari bilan “Sudya va yoshlar” mavzusida uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda yuridik texnikum o‘quvchilari viloyat sudining tarixiy- muzeyi, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv xizmatlar va sud majlislarini masofaviy o‘tkazish tartibi hamda viloyat sudining ma’muriy binosi bilan yaqindan tanishdilar.

Shu bilan birga majlislar zalida viloyat sudining sudyalari va yoshlar kengashi yetakchilari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Sudyalar va yoshlar kengashi yetakchilari suhbatni hozirgi kundagi “Sud- huquq” tizimidagi islohotlar, sudyalar oliy kengashining tashkil qilinishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 noyabrda so‘zlagan nutqidagi Taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshiriladigan eng ustuvor vazifalar, shu bilan birga sohaga oid bo‘lgan mavzular doirasida o‘tkazishdi va texnikum o‘quvchilari berilgan savollariga mazmunli javob oldilar.

Sudyalar talabalar bilan uchrashdi

Farg’ona viloyati Bog’dod tumani Itisodiyot kolleji talabalari bilan jinoyat ishlari bo’yicha Bog’dod tuman sudining raisi O.Mirsadikov va Fuqarolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudining sudyasi I.Qo’ziboyev hamda Marg’ilon tumanlararo Iqtisodiy sudining raisi A.Akbarovlar ishtirokida saylov qonunchiligida yangi qabul qilingan qonunlar hamda Saylov kodeksi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Ochiq muloqot davomida yoshlarga saylovda ishtirok etishning ahamiyati borasida tushunchalar berilib, saylov jarayonlari qay tartibda olib borilishi yuzasidan kerakli ma’lumotlar berildi. Yosh saylovchilarning bu jarayonda faol ishtirok etishlari uchun o’z huquqlari tushuntirib o’tildi. Yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli tartibda javoblar olishdi.

Marg‘ilon sudi tomonidan jazo o‘tayotgan 10 nafar mahkumlar jazodan ozod qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudining raisi M.Maraximov tomonidan 2021 yil 19-iyul kuni Marg‘ilon shahridagi “Miltiqsoz” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor sud majlisi o‘tkazilib, Marg‘ilon shahar Probatsiya bo‘limining jazo o‘tayotgan 10 nafar mahkumlariga nisbatan kiritgan taqdimnomalar mazmunan ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan mahkumlar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Fargʼonada Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi, АQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot Dasturining “Oʼzbekistonda qonun ustuvorligi yoʼlida hamkorlik” qoʼshma loyihasi doirasida sudlar faoliyatini yoritish masalalari boʼyicha mahalliy jurnalist va blogerlar uchun oʼquv seminar-trening tashkil etildi

Unda ishtirokchilarga Oliy sud Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xodimlari tomonidan sud muhokamasi oshkoraligi, sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqining amalga oshirilishi, shuningdek, sudlar tomonidan mazkur masalaga oid qonun hujjatlari bir xilda qoʼllanilishini taʼminlash maqsadida qabul qilingan Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020 yil 21 fevraldagi kuni “Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini taʼminlash toʼgʼrisida”gi Qarorining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

 

Shuningdek, seminar-trening davomida malakali trenerlar sud organlarining ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan oʼzaro hamkorligining huquqiy asoslari, axborot tarqatishda shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, javobgarlik masalalari hamda sud ishlariga doir materiallarni tayyorlashning muhim jihatlari toʼgʼrisida atroflicha maʼlumot berishdi.

 

Oʼquv mashgʼuloti soʼngida Fargʼona viloyati sudlari raislari bilan jurnalist va blogerlar oʼrtasida ochiq muloqot oʼtkazilib, tomonlar oʼzaro fikr almashdilar va ommaviy axborot vositalari vakillari oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kirish istagini bildiruvchi fuqarolar diqqatiga

Biz bilamizki, sudyalik kasbi katta masʼuliyat, fidoyilik

va halollikni talab qiladi. Qabul qilinayotgan har bir qaror zamirida inson, uning oilasi taqdiri turadi.

Sud ishlarida adolatli qarorlar qabul qilishga qodir boʼlgan, mustaqil, turli xil taʼsirlarga qarshi tura oladigan yuksak malakali, hayot tajribasiga ega sudyalarni shakllantirish bugungi kunning talabidir.

“Oʼzbekiston Respublikasining Sudlar toʼgʼrisida”gi Qonunning

61-moddasiga asosan “Oʼttiz besh yoshdan kichik boʼlmagan, oliy yuridik maʼlumotga va yuridik ixtisosligi boʼyicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi fuqarolik ishlari boʼyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʼyicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) maʼmuriy sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi boʼlishi mumkin” deb belgilangan. Yuqoridagi talablarga mos keladigan nomzodlar sudyalik lavozimi zaxirasiga kirish uchun Fargʼona viloyat sudlari sudyalari malaka hayʼatiga murojaat qilishlari mumkin.

 

Manzil: Fargʼona viloyati, Fargʼona shahri, S.Temur koʼchasi.

Tel: 73-226-52-98

Skip to content